AQShning Florida shtatida Yamaykaga gumanitar yordam olib ketayotgan Beechcraft King Air rusumidagi yengil samolyot qulab tushdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘lgan.
Halokat Coral Springs shahrida sodir bo‘ldi va voqea xavfsizlik kameralariga tushib qolgan. Samolyot deyarli uy tomiga urilayozib, panjarani teshib o‘tgan va hovlidagi ko‘lga quladi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda yettidan to‘qqizgacha kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar va suv osti guruhlari samolyot parchalari topilganini, biroq tirik qolganlar aniqlanmaganini ma’lum qildi.
Samolyot Yamaykaga “Melissa” to‘foni oqibatida zarar ko‘rgan aholiga gumanitar yuk yetkazayotgan edi.