Rossiya Qurolli Kuchlarida yangi turdagi qo‘shin — dron qo‘shinlari tashkil etildi. Bu haqda «Komsomolskaya Pravda»ga bergan intervyusida bo‘linma o‘rinbosari polkovnik Sergey Ishtuganov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarning tuzilmasi allaqachon tasdiqlangan, qo‘mondon tayinlangan va barcha darajalarda harbiy boshqaruv organlari tashkil etilgan. Shuningdek, shtatli polklar va boshqa bo‘linmalar shakllantirilgan bo‘lib, ular jangovar vazifalarni yagona reja bo‘yicha va armiyaning boshqa qismlari bilan hamkorlikda bajaradi.
Ishtuganov hozirda dron tizimlari sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun yuqori harbiy ta’lim muassasasi tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi yangi qo‘shin turining emblemasi aks etgan videorolikni e’lon qilgan: markazda yulduz va qanotlar bilan mikrochip, ustida kesishgan qilich va o‘q tasviri mavjud.
Dron qo‘shinlari tashkil etilishi haqida birinchi bor 2024-yil dekabrida e’lon qilingan edi.