Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin chet ellik fuqarolarning milliy haydovchilik guvohnomalaridan foydalanishiga doir yangi cheklovlar joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda uning so‘zlarini rossiyalik OAV keltirdi.
Volodinning aytishicha, Rossiya faqat rus tili davlat tili maqomiga ega bo‘lgan — asosiy, ikkinchi yoki uchinchi rasmiy til sifatida tan olingan — mamlakatlarning haydovchilik guvohnomalarini e’tirof etishni rejalashtirmoqda.
Hozirda Rossiya Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va Tojikistonning haydovchilik guvohnomalarini tan oladi. Boshqa davlatlar, jumladan O‘zbekiston bergan guvohnomalar Rossiya hududida haqiqiy bo‘lmay qolishi mumkin.
Agar tashabbus amalga oshirilsa, o‘zbekistonliklar Rossiyada imtihon topshirib, mahalliy haydovchilik guvohnomasini olishi kerak bo‘ladi — faqat shunda transport boshqarish qonuniy hisoblanadi.
Hozircha rasmiy qaror e’lon qilinmagan, biroq Volodinning bayonoti allaqachon migrantlar va ish beruvchilar orasida keng muhokamaga sabab bo‘ldi.