Dunyo
11.09.25
7552

Rossiyada maktablar migrant bolalarning 87%ini qabul qilishdan bosh tortdi.

Rossiyada migrant bolalarning 87% maktablarga qabul qilinmagan. 2025 yil aprel oyidan boshlab qabul qilish uchun rus tili bo‘yicha testdan kamida 90% natija ko‘rsatish talab etiladi.

2025 yil aprel oyidan avgustgacha Rossiya maktablariga chet el fuqaroligi bo‘lgan 23,6 ming bola o‘qishga hujjat topshirdi. Biroq, ularning aksariyati rus tili bo‘yicha majburiy testdan o‘tolmagan.

Testga faqat 8,2 ming nafar o‘quvchi qabul qilindi. Imtihondan 5,9 ming kishi o‘tgan, va shulardan faqat yarmi — 2,9 ming bola muvaffaqiyatli natija ko‘rsatdi. Bu hujjat topshirganlarning atigi 12,6% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, migrant bolalarning 87% maktablarga qabul qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 apreldan Rossiyada yangi qonun kuchga kirdi: migrant bolalarni rus tili imtihonini muvaffaqiyatli topshirmagan holda ta’lim muassasalariga qabul qilish taqiqlanadi. Imtihondan o‘tish uchun test savollarining 90% ga to‘g‘ri javob berish talab etiladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling