O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqib, Dohadagi turar joy hududiga Isroil tomonidan qilingan havo zarbalarini qoraladi.
Vazirlik ta’kidlaganidek, hujum «suvverenitetni buzish, chegaralarning daxlsizligi va Qatarning xavfsizligiga tajovuz» sifatida qaraladi.
Bayonotda shunday deyiladi: «Bunday harakatlar qabul qilinmaydi va BMT Nizomi hamda xalqaro huquqning asosiy normalari va tamoyillarini jiddiy ravishda inkor etadi».
TIV O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatilishining har qanday shakllariga qarshi qat’iy turishini va Yaqin Sharqdagi murakkab vaziyatni keskinlashtiradigan harakatlarga e’tiroz bildirishini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Isroil armiyasi zarbalar HAMAS yuqori rahbariyatiga qaratilganini ma’lum qildi. Qatar esa hujumni «xalqaro huquqni qo‘pol buzish va mamlakat aholisining xavfsizligiga jiddiy tahdid» sifatida baholadi.