Dunyo
10.10.25
7457

Rossiyadan Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 15 foizga oshdi.

“Gazprom” rahbari Aleksey Millerning ma’lum qilishicha, 2025 yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyadan Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmi 15 foizga oshgan.

Rossiyaning tabiiy gaz eksporti 2025 yilning dastlabki sakkiz oyida Markaziy Osiyo mamlakatlariga, jumladan O‘zbekistonga 15 foizga oshdi. Bu haqda “Gazprom” rahbari Aleksey Miller Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumida ma’lum qildi.

Millerning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada iqtisodiyot barqaror rivojlanmoqda va keyingi besh–olti yil ichida Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiyoti 60 foizgacha o‘sishi mumkin. Bu esa, eng avvalo, tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojning ortishiga olib keladi.

“2025 yilning sakkiz oylik natijalarini 2024 yilning shu davri bilan solishtirdik. Rossiya gazi eksporti Markaziy Osiyoga — ya’ni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga — 15 foizga oshdi. Bu katta hajm”, — dedi “Gazprom” rahbari.

Uning ta’kidlashicha, “Sibir qudrati – 2” megaloihasining amalga oshirilishi gaz yetkazib berish hajmini yanada oshiruvchi muhim omil bo‘ladi va bu mintaqa davlatlari, jumladan O‘zbekiston uchun barqaror energiya ta’minoti hamda iqtisodiy o‘sish yo‘lida yangi imkoniyatlar yaratadi.

Avvalroq xabar berilishicha, O‘zbekistonda “UGaz” nomli yangi raqamli tizim joriy etilgan bo‘lib, u avtomobillarga gaz quyish stansiyalarining faoliyatini real vaqt rejimida kuzatib borish imkonini beradi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling