YUNISEFning Innocenti tadqiqot markazi hisobot e’lon қилди. Unda qayd etilishicha, boy mamlakatlardagi yuqori iqtisodiy tengsizlik bolalarning salomatligi, ovqatlanishi va ta’limdagi natijalariga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Tahlil qilingan daromadi yuqori 44 ta davlatda bugungi kunda deyarli ҳар beshinchi bola qashshoqlikda yashaydi.
Tafovut ko‘lami juda katta: eng boy 20 foiz xonadon daromadi o‘rtacha hisobda eng kambag‘al 20 foiz oilalar daromadidan besh baravardan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu tengsizlik oqibatlari bolalarda juda erta sezila boshlaydi. Ijtimoiy tafovut yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bolalar ortiqcha vazndan tengroq jamiyatlardagi tengdoshlariga qaraganda qariyb 70 foiz ko‘proq aziyat chekadi. Mualliflar buni ovqatlanish tartibining buzilishi va oziq-ovqat sifati pastligi bilan izohlagan.
Yevropa Ittifoqida kam ta’minlangan oilalardagi bolalarning atigi 58 foizida yaxshi sog‘liq ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Ta’minlangan oilalarda esa bu ko‘rsatkich 73 foizni tashkil qilgan.
Ta’lim sohasida ham vaziyat ijobiy emas. Ijtimoiy tafovut kuchli bo‘lgan mamlakatlarda bolaning maktabni o‘qish va matematika bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarsiz tamomlash ehtimoli 65 foizga teng. Tenglik yuqoriroq bo‘lgan jamiyatlarda esa bu ko‘rsatkich 40 foizni ташкил etadi. Bir mamlakatning o‘zida ham tafovut yaqqol ko‘rinadi: ta’minlangan oilalardagi o‘smirlarning 83 foizi asosiy bilimlarga ega bo‘lsa, kam ta’minlangan oilalarda bu ko‘rsatkich atigi 42 foizni tashkil qilgan.
UNICEF Innocenti hukumatlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarini kuchaytirishga чақирди. Tavsiyalar orasida eng kam ish haqini oshirish, bolalar nafaqalarini joriy etish va nochor hududlar infratuzilmasiga investitsiya kiritish bor. Ta’lim sohasida esa maktablar o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish, barcha ta’lim muassasalarini bir xil resurslar bilan таъминlash hamda bepul sog‘lom ovqatlanish tizimini joriy etish tavsiya қилинган.
Markaz direktori Bo Viktor Nylund bolalarning salomatligi va ta’limiga, ayniqsa eng himoyasiz qatlamlar учун davlat investitsiyalarini zudlik bilan oshirishga чақирди.