Yangiliklar
21.05.26
7217

22-may kuni Toshkentda jahon chempionatiga yo‘l oladigan terma jamoani kuzatish tadbirlari sababli bir nechta ko‘chalar yopiladi.

22-may kuni soat 16:00 dan 21:00 gacha Toshkentda jahon chempionatiga yo‘l olayotgan O‘zbekiston terma jamoasining tantanali kuzatuvi sababli bir nechta ko‘chalarda transport harakati cheklanadi. Haydovchilarga yo‘nalishlarini oldindan o‘zgartirish tavsiya etiladi.

22-may kuni Toshkentda soat 16:00 dan 21:00 gacha transport harakati cheklanadi. Bunga jahon chempionatiga yo‘l olayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasini tantanali kuzatish tadbirlari sabab bo‘ladi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Yo‘llar kolonna harakatiga qarab bosqichma-bosqich yopiladi. Cheklovlar quyidagi ko‘chalarga taalluqli bo‘ladi:

— Chupanota ko‘chasi: Chilonzor ko‘chasi bilan kesishmadan Kattartal ko‘chasi kesishmasigacha;
— Chilonzor ko‘chasi: Katta halqa yo‘li (THAY) bilan kesishmadan Chupanota ko‘chasi kesishmasigacha;
— Bunyodkor ko‘chasi (ikkinchi darajali yo‘l): THAY bilan kesishmadan Chupanota ko‘chasi kesishmasigacha;
— Sebzor ko‘chasi: Nurafshon ko‘chasidan Islom Karimov va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasigacha;
— Bunyodkor ko‘chasi: Islom Karimov ko‘chasidan Ikkinchi Kattartal ko‘chasi kesishmasigacha.

Shahar xizmatlari haydovchilardan yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni va vaqtinchalik noqulayliklarga tushunish bilan yondashishni so‘radi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling