O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, sovuq havo massasi asta-sekin O‘zbekiston hududidan chekinmoqda. Yaquin kunlarda mamlakat bo‘ylab havo harorati bosqichma-bosqich ko‘tarilishi kutilmoqda.
Juma kuni kunduzi havo harorati +10…+12 °C atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni esa +14…+17 °C gacha ko‘tariladi. Janubiy viloyatlarda harorat +18…+20 °C gacha yetadi.
Tunda havo harorati ijobiy darajaga chiqadi, kuchsiz sovuqlar faqat shimoliy va cho‘l hududlarda saqlanib qoladi.
7 noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi harorat +10…+12 °C, tunda +1…+3 °C bo‘ladi. Hafta oxirida esa havo +14…+16 °C gacha isiydi, shamol esa sust esadi.