Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi vakolatlarini kengaytirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 2026-yil sentyabridan boshlab tuzilma Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi deb қайта nomlanadi va mutlaqo yangi funksiyalarni bajaradi.
Yangilangan idora endilikda nafaqat farmatsevtika, balki mamlakatdagi butun tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish uchun ham mas’ul bo‘ladi. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida xususiy klinikalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bor. Investorlar uchun maslahat va hamrohlik xizmatlarini taqdim etuvchi “yagona darcha” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Agentlik davlat tibbiyot muassasalarini xususiy boshqaruvga topshirish jarayonida ham иштирок etadi hamda sog‘liqni saqlash tizimining bosh rejasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Islohot doirasida aksiyadorlik jamiyati shaklidagi Health Invest investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi. Shuningdek, agentlik huzurida tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi ish boshlaydi. Idora rahbariga sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari darajasidagi vakolatlar beriladi. Agentlik direktori etib Abdulla Azizov tayinlandi.