O‘zbekistonda taksi xizmatlari narxi yana oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil noyabr oyida yo‘l haqi oktabrga nisbatan o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.
Umuman olganda, joriy yil boshidan buyon taksi tariflari 7 foizga oshdi. 2024 yilning shu davri bilan solishtirilganda esa narxlar o‘sishi 12,2 foizni tashkil etgan.
Avvalroq Yandex Go servisida ishlovchi haydovchilarning mehnat sharoitlaridan noroziligi haqida ham xabar berilgan edi. Taksi haydovchilari yuqori komissiyalar va agregator tomonidan qo‘yilgan qat’iy talablarni tanqid qilgan. Norozilik belgisi sifatida e’lon qilingan bir kunlik boykot esa vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmadi.