O‘zbekistonda 2027-yildan boshlab median ish haqi, ish haqlari taqsimoti, modal interval va kam ish haqi oluvchi xodimlar ulushini rasmiy e’lon qilish bosqichma-bosqich joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu ҳақда Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum қилди.
Qo‘mitada tushuntirilishicha, hozir rasmiy statistikada asosan o‘rtacha arifmetik ish haqi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Bu usul korxona va tashkilotlar hisobotlari asosida ma’lumotlarni tez shakllantirish imkonini beradi.
Median ish haqini hisoblash esa ancha batafsil ma’lumotlarni talab qiladi. Bunda alohida xodimlar darajasidagi ma’lumotlar, jumladan daromadlar taqsimoti, ish vaqti va boshqa mikroko‘rsatkichlar hisobga olinadi.
Idorada ta’kidlanishicha, median ish haqi aholining aksariyat qismi real daromadlarini yaxshiroq aks ettiradi. Ushbu ko‘rsatkich shunday darajani bildiradiki, xodimlarning yarmi undan kam, qolgan yarmi esa undan ko‘proq maosh oladi.
O‘rtacha ish haqidan farqli ravishda, median ko‘rsatkich ayrim yuqori maoshli xodimlar ta’siriga kamroq bog‘liq bo‘ladi va mehnat bozoridagi “oddiy xodim” holatini aniqroq ko‘rsatadi.
Shuningdek, eng ko‘p uchraydigan ish haqi diapazoni — modal interval ham e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Masalan, agar xodimlarning katta qismi 4–5 million so‘m oralig‘ida maosh olsa, aynan shu diapazon eng ommabop hisoblanadi.
Milliy statistika qo‘mitasi hozir xalqaro standartlar va davlat tizimlarini raqamlashtirish asosida statistik ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirish bo‘yicha pilot loyihalar olib borilayotganini билдирди.
Bundan tashqari, qo‘mitada nima sababdan tezkor statistikada o‘rtacha ish haqi hisob-kitoblariga kichik biznes subyektlari va fermer xo‘jaliklari har doim ham kiritilmasligi izohlandi. Amaldagi tartibga ko‘ra, ular statistik hisobotni yiliga bir marta topshiradi. Shu bois bu toifadagi ma’lumotlar alohida va kamroq davriylikda e’lon qilinadi.
Idorada kelgusida tumanlar va alohida faoliyat sohalari kesimida ham ma’lumotlarni kengroq chop etish mumkinligi qayd etildi. Biroq buning uchun ҳисобга olish tizimlarini modernizatsiya qilish va xodimlarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish zarur bo‘ladi.