Yangiliklar
06.04.26
7372

O‘zbekistonda dori vositalari xalqaro standartlar asosida tekshiriladi

O‘zbekistonda dori vositalarini baholashning yangi qoidalari joriy etilmoqda: preparatlar xalqaro standartlar asosida tekshiriladi va toifalarga ajratiladi

O‘zbekistonda dori vositalarini baholashning xalqaro ilmiy ma’lumotlarga asoslangan yangi tartibi joriy etilmoqda. Tegishli hujjat Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Yangi talablarga ko‘ra, preparatlarning samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manba asosida tahlil qilinadi. Baholashni mustaqil ekspert komissiyalari amalga oshiradi.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, barcha dori vositalari uch toifaga ajratiladi: samaradorligi isbotlangan, samaradorligi isbotlanmagan hamda samaradorligi hali o‘rganilmagan preparatlar.

Tahlil natijalarini Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi saytida ochiq e’lon qilish rejalashtirilmoqda. Bu tizim shaffofligini oshirish va dori vositalariga bo‘lgan ishonchni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Avvalroq farmatsevtika sohasi vakillari dori vositalari muomalasi ustidan nazoratni kuchaytirish, xususan, noqonuniy olib kirish va sertifikatlanmagan preparatlar savdosiga qarshi kurashni kuchaytirish zarurligini ta’kidlagan edi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling