Yangiliklar
03.11.25
7520

Toshkent viloyatida ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasidagi mojaro o‘rganilmoqda

Ohangoronda ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasidagi mojaro ortidan tekshiruv boshlandi. Hodisaning videosi jamoatchilikda katta rezonans uyg‘otdi.

Toshkent viloyatida ta’lim tizimi xodimlari o‘rtasida yuz bergan mojaro bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda. Hodisaning videolavhasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

Videoda bir ayol erkakka nisbatan keskin e’tiroz bildirayotgani va unga bir necha marotaba urganini ko‘rish mumkin. Ushbu holat jamoatchilikda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi va xizmat tekshiruvi boshlanishiga asos bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mojaro Ohangaron tumanida yuz bergan. Unda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda 35-maktab direktori ishtirok etgan.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari voqea nazoratga olinganini, tekshiruv natijalariga ko‘ra tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling