Yangiliklar
13.11.25
7433

Toshkent viloyatida qozonxonalari filtrlarsiz ishlayotgan issiqxonalar aniqlandi

Toshkent viloyatida Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligi o‘tkazgan reydlar davomida havo ifloslanishiga sabab bo‘lgan, filtrsiz ishlagan issiqxonalar aniqlanib, ularning egalari javobgarlikka tortildi.

Toshkent shahri va viloyatida issiqxonalarning faoliyatini tekshirish bo‘yicha tungi reydlar davom etmoqda. Bosh prokuratura va Ekologiya vazirligining qo‘shma ishchi guruhi atrof-muhitga zararli moddalar chiqarilishi bilan bog‘liq qonunbuzarliklarni aniqladi.

Xususan, Toshkent tumanidagi “Hasanboy guzari” mahallasi hamda Qibray tumanidagi “Parvoz” mahallasida joylashgan issiqxonalarda qozonxonalarda filtrlar o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu holat atmosferaga zararli moddalarning chiqarilishini tartibga soluvchi ekologik me’yorlarning buzilishi sifatida baholandi.

Issiqxona egalari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ekologiya vazirligi va Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, tekshiruvlar davom etmoqda. Qonunbuzarlik sodir etgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling