Toshkentda shahar attraksionlarini tekshirish davomida o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi. Bir necha obyektlar elektr tarmog‘idan uzildi, qo‘lbola qurilmalar esa butunlay to‘xtatildi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 45 ta attraksion texnik pasportsiz, 23 tasida esa xavfsizlik uchun mas’ul shaxslar yo‘q edi. Shuningdek, 39 ta attraksion ruxsatnomasiz faoliyat yuritgani ma’lum bo‘ldi.
Natijada 18 ta obyekt vaqtincha tarmoqdan uzildi, 29 ta qo‘lbola attraksion esa butunlay to‘xtatildi. Bu chora-tadbirlar tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.
Nazoratni kuchaytirish uchun “attraksionnazorati” elektron tizimi joriy etildi. Unda barcha attraksionlar, ularning texnik holati, ruxsatnomalari va tekshiruv natijalari haqidagi ma’lumotlar qayd etiladi. Fuqarolar ushbu platforma orqali qoidabuzarliklar yoki texnik nosozliklar haqida xabar berishlari ham mumkin.