Toshkentda avtoturargoh qoidalarini buzishga қарши choralar kuchaytirilmoqda. Endilikda taqiqlangan joylarda qoldirilgan avtomobillar maxsus jarima maydonchalariga evakuatsiya qilinadi.
Poytaxt hokimligi va Yo‘l harakatini tashkil etish markazi маълум қилишicha, shaharda qulay urban muhit yaratish bo‘yicha ishlar davom etmoqda. Asosiy yo‘nalishlardan biri piyodalar hududlarini bo‘shatish va jamoat transporti bekatlari atrofida tartib o‘rnatishdan iborat.
Keyingi bosqichda to‘xtash va parkovka qoidalarini buzganlarga nisbatan nazorat kuchaytiriladi. Shaharda avtomobillarni trotuarlar, piyodalar o‘tish joylari, avtobus bekatlari, yashil hududlar hamda taqiqlovchi belgilar amal qiladigan joylarda qoldirish holatlari muntazam qayd etilmoqda.
Shahar xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, bunday qoidabuzarliklar jamoat transporti va maxsus texnikalar harakatiga xalaqit beradi. Shuningdek, keksa fuqarolar, bolali ota-onalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradi.
Shu munosabat bilan hokimiyat yanada qat’iy choralar ko‘rishga qaror қилди. Yo‘l harakati qoidalarini buzib to‘xtatilgan avtomobillar evakuatsiya қилиниб, jarima maydonchalariga joylashtiriladi.
Hokimlikda ta’kidlanishicha, tashabbusning asosiy мақсади yo‘l ҳаракати xavfsizligini oshirish, ko‘chalarda tartibni tiklash va jamoat hududlarini barcha fuqarolar uchun qulay qilishdan iborat.
Haydovchilardan avtomobilni to‘xtatish va parkovka joyini tanlashda ehtiyotkor bo‘lish, yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish hamda shahar makoniga hurmat bilan munosabatda bo‘lish so‘raldi.
Avvalroq Toshkentda yagona parkovka boshqaruvi tizimini yaratish bo‘yicha pilot loyiha ham ishga tushirilgan edi. Rejaga ko‘ra, savdo markazlari va servis obyektlari yonidagi avtoturargohlar yagona tarmoqqa birlashtiriladi. Bu tartibsiz parkovkani kamaytirish va poytaxt ko‘chalaridagi “qidiruv trafikini” qisqartirishga xizmat qilishi kerak.