Yangiliklar
15.05.26
7248

Toshkentda yashirin narkolaboratoriya fosh etildi

Toshkentning Chilonzor tumanida DXX va bojxona xodimlari yashirin narkolaboratoriyani aniqladi. Tezkor tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi preparatlar, prekursorlar va maxsus jihozlar musodara qilindi.

Toshkentning Chilonzor tumanida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bojxona organlari bilan hamkorlikda maxsus operatsiya o‘tkazib, sintetik giyohvand moddalar ishlab chiqaruvchi yashirin laboratoriyani fosh etdi.

Tezkor tadbirlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar Spark avtomobilini to‘xtatgan. Mashinani boshqarib ketayotgan 30 yoshli erkak tekshirilganda, salonidan kuchli ta’sir qiluvchi “Pregabalin” preparatining 15 ta kapsulasi topilgan.

Keyingi tergov harakatlari davomida yana bir gumonlanuvchi — 35 yoshli erkak aniqlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aynan u Chilonzor tumanidagi xonadonlardan birida yashirin narkolaboratoriya tashkil qilgan.

Tintuv vaqtida 955 gramm va 538 doza “Pregabalin”, 227 gramm va 28 doza “Tropikamid”, 16 kilogramm “Trilon-B” moddasi, shuningdek, sintetik giyohvand moddalar tayyorlashda foydalaniladigan prekursorlar musodara qilindi. Bundan tashqari, taqiqlangan moddalarni ishlab chiqarishda ishlatilgan kapsulalar, flakonlar va boshqa vositalar ham topilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar fuqarolarni giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq holatlar haqida 1520 qisqa raqamiga хабар беришга чақирди. Murojaatlar maxfiy сақланиши kafolatlangan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling