Yangiliklar
17.04.26
7428

Namanganda yosh shoir va jurnalist Jahongir Mirzo vafot etdi.

Namangan viloyatida 29 yoshli shoir, tarjimon va jurnalist Jahongir Nomozov (Jahongir Mirzo) fojiali tarzda vafot etdi. Bosh prokuratura uning o‘limi holatlarini aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda.

Namangan viloyatida 29 yoshli shoir, tarjimon va jurnalist Jahongir Mirzo (Jahongir Nomozov) fojiali tarzda vafot etdi. Uning jasadi Pop tumanidagi “Pop” mahallasidagi uyida topilgan.

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, voqea 15-aprel kuni soat taxminan 13:00 atrofida sodir bo‘lgan. Hodisa yuzasidan barcha holatlarni aniqlash maqsadida dastlabki tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Ishni hozirda tuman prokuraturasi xodimlari olib bormoqda.

Jahongir Nomozov Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi bo‘lgan. U o‘zbek adabiyotini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishda faol ishtirok etgan ijodkorlardan biri edi. U “Juntos por las Letras” xalqaro adabiy guruhini muvofiqlashtirgan, Turkiyada chiqadigan “Şiir Sarnıcı” she’riyat jurnalida O‘zbekistonni namoyon etgan hamda Qozog‘istonning “Abay” medali bilan taqdirlangan.

Yosh ijodkorning vafoti mamlakat madaniy hayoti uchun katta yo‘qotish sifatida qayd etilmoqda.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling