O‘zbekistonlik hakamlar 2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga rasmiy tayinlov oldi. Musobaqa 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
JCh-2026 uchun O‘zbekistondan bosh hakam Ilgiz Tantashev hamda uning yordamchilari Andrey Sapenko va Timur Gaynullin ro‘yxatga kiritildi. Ushbu turnir tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi — unda ilk bor 48 ta milliy terma jamoa ishtirok etadi.
Uchrashuvlarga borishni rejalashtirayotgan o‘zbekistonlik muxlislar FIFA PASS tizimiga e’tibor qaratishi tavsiya etiladi. Bu AQSh elchixonasida viza intervyusiga ustuvor navbat orqali yozilish imkonini beradi. Mazkur imkoniyat faqat turnir uchun rasmiy chipta sotib olganlar uchun amal qiladi.