Yangiliklar
01.04.26
7241

Javohir Sindarov Praggnanandhuni mag‘lub etib, jahon reytingida eng yaxshi 8 talikka kirdi

Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida Praggnanandhuni mag‘lub etib, FIDE jahon reytingida 8-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekistonlik granmaster Javohir Sindarov 2026-yilning Kiprda o‘tayotgan Nomzodlar turnirida katta g‘alabaga erishdi. Uchinchi turda qora figuralar bilan o‘ynab, turnir favoriti bo‘lgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhuni mag‘lub etdi.

Uchrashuv kuchli raqobat va taktika bilan kechdi. Sindarov tashabbusni qo‘lga kiritish uchun otni qurbon qilib, zeytnot holatida raqibining xatosidan unumli foydalandi.

Bu g‘alaba evaziga o‘zbekistonlik 3 ta partiyadan 2,5 ochko to‘plab, turnir peshqadamlaridan biriga aylandi. U birinchi o‘rinni amerikalik Fabiano Karuan bilan bo‘lishmoqda, u ham ushbu turda g‘alaba qozongan.

Muvaffaqiyatli chiqish uning jahon reytingiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Sindarov 2753,5 reyting ochkosi bilan FIDE reytingida 8-o‘ringa ko‘tarildi — bu uning karyerasidagi eng yuqori natija.

Nomzodlar turniri 15-aprelga qadar davom etadi. Jahonning eng kuchli sakkiz granmasteri 500 ming yevro mukofot fondi va Dommaraju Gukeshga qarshi jahon chempionligi uchrashuvi uchun kurashmoqda.

Keyingi turda Sindarov Fabiano Karuana bilan uchrashadi — ushbu partiya turnirning yagona yetakchisini aniqlashi mumkin.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling