O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) Saudiya Arabistonida o‘tayotgan Osiyo kubogi guruh bosqichini ishonchli yakunladi. 13-may kuni Jidda shahrida Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoa Avstraliyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, D guruhida биринчи o‘rinni egalladi.
Gollarga 28-daqiqada Mirkamil Murodov va 45-daqiqada Ahror Ravshanbekov mualliflik қилди. Pley-off bosqichiga muddatidan oldin chiqishni ta’minlagan Avstraliya esa guruhni ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi birorta ham mag‘lubiyatga uchramadi: Hindistonni 3:0 hisobida yirik mag‘lub etdi va avvalgi turda Avstraliya bilan 1:1 ҳисобида durang o‘ynadi.
Chorak finalda 16-may kuni Toshkent вақти bilan soat 21:00 da o‘zbekistonlik futbolchilar Janubiy Koreya terma jamoasiga қарши maydonga tushadi. Raqib guruh bosqichida Vetnam ustidan 4:1 ҳисобида g‘alaba qozonib, Yaman va BAA bilan durang qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi chempionlar 2026-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 jahon chempionatiga yo‘llanmani muddatidan oldin qo‘lga kiritgan.