Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatining chekka hududlaridagi 36 ta poliklinika rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Ishlarni yaqin ikki yil ichida yakunlash ko‘zda tutilgan.
Bu ҳақда u hududga amalga oshirgan xizmat safari yakunlari bo‘yicha o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. Tashrif davomida bir qator ijtimoiy obyektlar ko‘zdan kechirildi.
Ulardan biri Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinika bo‘ldi. Bino qariyb 55 yil avval qurilgan bo‘lib, 1996-yilda tibbiyot muassasasiga moslashtirilgan. Hozir bu yerda 172 nafar xodim ishlaydi, poliklinikaga esa 47 mingdan ortiq aholi biriktirilgan. Xizmat ko‘rsatish hududi taxminan uch kilometrni tashkil qiladi.
Shu bilan birga, binoning bir qismi kam ta’minlangan fuqarolar uchun yotoqxona sifatida foydalanilmoqda. Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, mavjud sharoitlar zamonaviy tibbiyot talablariga javob bermaydi. Shu sabab obyektni to‘liq ta’mirlash va aholi yashash sharoitlarini yaxshilash rejalashtirilgan.
Safar davomida 1977-yilda tashkil etilgan 21-son bolalar bog‘chasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Muassasani to‘liq qayta qurish haqida qaror қабул қилинган.
Saida Mirziyoyeva hududlarda ijtimoiy infratuzilmani yangilash ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolayotganini таъкидлади.
Avvalroq мамлакат раҳбарияти aralashuvidan so‘ng Urgut tumanidagi “Bahrin” mahallasida joylashgan 21-son oilaviy poliklinika kapital ta’mirdan chiqarilgan edi. Qariyb 13 ming aholiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasa 2025-yil dekabr oyida Saida Mirziyoyeva tashrifidan keyin modernizatsiya qilingan.