Yangiliklar
15.05.26
7375

1-iyundan O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari oshadi

1-iyundan O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi. Hukumat tariflar oshirilishini energiya tizimini modernizatsiya qilish zarurati bilan izohladi.

1-iyundan O‘zbekistonda aholi va biznes uchun elektr energiyasi hamda tabiiy gazning yangi tariflari kuchga kiradi. Tegishli hukumat qarori 15-may kuni qabul qilindi.

Tariflar o‘rtacha 9,9 foizga oshadi. Hukumat narxlarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini energetika infratuzilmasining eskirgani va energiya tizimiga tushayotgan yuklama ortib borayotgani bilan izohlamoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Energetika vazirligi vakillarining маълум қилишicha, qo‘shimcha mablag‘lar elektr va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, podstansiyalarni yangilash hamda yangi elektr uzatish liniyalarini qurishga yo‘naltiriladi.

Rasmiyларга ko‘ra, mamlakatda konditsionerlar, maishiy texnika va elektromobillar soni ko‘payayotgani sabab energiya iste’moli ham ortib bormoqda. Bu esa tizim barqarorligini ta’minlash uchun yirik investitsiyalarni talab qilmoqda.

Yangi tariflarga muvofiq, aholi uchun ijtimoiy norma doirasidagi — 200 kVt·soatgacha elektr energiyasi narxi 1 kVt·soat uchun 600 so‘mdan 650 so‘mga oshadi. Yuqoriroq iste’mol hajmlari uchun tariflar toifasiga qarab 6 foizdan 12,5 foizgacha ko‘tariladi.

Elektr plitalari o‘rnatilgan ko‘p qavatli uylar aholisi uchun imtiyozli tariflar сақланиб qoladi — ular bazaviy tarifning 50 foizini tashkil etadi.

Tabiiy gaz narxlari ham o‘zgaradi. Isitish mavsumida ijtimoiy norma doirasidagi gaz narxi bir kubometr uchun 1000 so‘mdan 1100 so‘mga oshiriladi. Yuqori iste’mol hajmlari uchun ham tariflar ko‘tariladi.

Yuridik shaxslar uchun elektr energiyasi narxi 1 kVt·soat uchun 1000 so‘mdan 1100 so‘mga, tabiiy gaz esa bir kubometr uchun 1800 so‘mdan 2000 so‘mga oshadi.

Hukumat ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash dasturi davom ettirilishini ҳам ma’lum қилди. Milliy ijtimoiy himoya agentligi orqali ijtimoiy normadan ortiq iste’mol uchun kompensatsiyalar to‘lanadi.

Davlat elektr energiyasi bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq 150 kVt·soatgacha bo‘lgan iste’molni, gaz bo‘yicha esa isitish mavsumida 250 kubometrgacha, yilning qolgan davrida esa 150 kubometrgacha bo‘lgan xarajatlarning bir qismini qoplashni rejalashtirmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligida ushbu kompensatsiya mexanizmi uchun zarur mablag‘lar davlat budjetida allaqachon ko‘zda tutilganini ta’kidlashdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari oxirgi besh yil ichida ilk bor 2024-yil 1-maydan oshirilgan edi. O‘sha paytda energiya resurslari uchun ijtimoiy iste’mol me’yorlari ham joriy qilingan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling