Yangiliklar
12.11.25
7563

Prezident daraxt kesilishi va havo ifloslanishiga qarshi kurash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov bilan daraxtlarning noqonuniy kesilishi va havoning ifloslanishini nazorat qilishni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni muhokama qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha taqdim etilgan takliflar bilan tanishdi. Hisobotni ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov taqdim etdi.

Uchrashuvda ekologik organlarning vakolatlarini kengaytirish, qonunbuzarliklarga tezkor javob berish, shuningdek, daraxtlarning noqonuniy kesilishini va havoning ifloslanishini oldini olish choralari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli tashabbuslar amalga oshirilmoqda — yashil hududlarni ko‘paytirish, havoning ifloslanishini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish yo‘nalishlarida ishlar olib borilmoqda. Biroq mavjud boshqaruv tizimi bo‘linib ketgani sababli amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi pastligicha qolmoqda.

Takliflarga ko‘ra, ekologik loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini yagona boshqaruv tizimi doirasida jamlash, resurslardan shaffof foydalanishni ta’minlash va tabiatni muhofaza qilish dasturlarining bajarilishini kuchli nazoratga olish rejalashtirilgan.

Shuningdek, sanoatdagi ekologik nazoratni takomillashtirish hamda atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha rejalar ham taqdim etildi. Prezident ilgari surilgan tashabbuslarni ma’qullab, ularni ekologiya sohasida mas’uliyat va shaffoflikni oshirish nuqtayi nazaridan takomillashtirishni topshirdi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling