Rossiya prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Kutilishicha, u mamlakatning oliy rahbariyati tomonidan qabul qilinadi — tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat yetakchilarining shaxsiy qo‘llab-quvvatlovi ostida strategik sheriklik ruhida izchil rivojlanmoqda. Hamkorlik keng ko‘lamli yo‘nalishlarni qamrab olgan bo‘lib, amaliy mazmun bilan muntazam boyitib borilmoqda.
Tashrif ikki tomonlama aloqalar faollashgan bir paytga to‘g‘ri keldi: avvalroq Moskva shahrida ikki mamlakat bosh vazirlari Abdulla Aripov va Mixail Mishustin Hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyaning oltinchi yig‘ilishini o‘tkazgan edi.