O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni vasiy shahzodasi, Vazirlar Kengashi raisi Muhammad bin Salmon Al Saud bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat boshida tomonlar Ramazon hayiti (Id al-Fitr) munosabati bilan bir-birlarini muborakbod qildi, so‘ng amaldagi xalqaro kun tartibini muhokama qildi.
Liderlar Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va mintaqadagi taranglikning ortishidan xavotir bildirdi. Ular kelgusida eskalatsiyani oldini olish va barqaror hal qilish nafaqat mintaqa davlatlari, balki global barqarorlik uchun muhim ekanini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni olib borayotgan siyosatni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, uning rahbariyati va xalqiga hamdardligini izhor qildi. Shuningdek, u shayx Salman bin Abdulaziz Al Saud va vasiy shahzodaga Umraga kelayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun qulay sharoit yaratgani va yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida, Muhammad bin Salmon ikki tomonlama munosabatlar yuqori darajada ekanini qayd etib, O‘zbekistonning do‘stona pozitsiyasini qadrlashini bildirdi.
Suhbat yakunida tomonlar yuqori darajadagi aloqalarni faollashtirish va ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun koordinatsiyani kuchaytirishga kelishib oldi.
Shuni oldin ikki davlat tashqi ishlar vazirlari — Baxtiyor Saydov va shahzoda Faisal bin Farhan Al Saud o‘rtasida shunga o‘xshash muloqot bo‘lib o‘tgan edi.