O‘zbekiston Migratsiya agentligining sobiq xodimi Azizbek Toshtemirov xalqaro qidiruvga berildi. Uning nomi Interpol saytining “qizil bildirishnoma” ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, unga nisbatan firibgarlik ayblovi ilgari surilgan.
Migratsiya agentligi matbuot xizmati маълум қилишича, Toshtemirov idoraning Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi раҳбари lavozimida ishlagan. U 2025-yil mart oyida turli qoidabuzarliklar sabab lavozimidan ozod etilgan.
Mazkur ish O‘zbekiston fuqarolarini Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsiya sxemasi bo‘yicha tergov fonida yuz bermoqda. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti маълум қилишicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq mansabdor shaxslari uyushgan guruh tarkibida fuqarolardan ishga joylashtirish va’dasi evaziga rasmiy to‘lovlardan tashqari 7 mingdan 12 ming dollargacha mablag‘ yig‘ib kelgan.
Tergov materiallarida faqat bir epizodning o‘zida 35 nafar fuqaro va 263,5 ming dollar tilga olinmoqda. Boshqa holatlarda esa 230 fuqaro va 580 ming dollar, shuningdek, ming nafarga yaqin kishidan noqonuniy ravishda yig‘ilgan 5,6 million dollar haqida gap ketmoqda. Bundan tashqari, va’da қилинганiga qaramay ishga yuborilmagan 600 dan ortiq fuqaroning murojaatlari ham o‘rganilmoqda. Ushbu epizodlar Toshtemirov ishi bilan bevosita bog‘liq ekani hozircha rasman tasdiqlanmagan.
Figurant nomi avval ҳам OAVda tilga olingan edi. 2023-yil may oyida Janubiy Koreyaga chiqish учун o‘tkaziladigan EPS-Topik imtihonlaridagi qoidabuzarliklar yuzasidan fuqarolar shikoyat qilgani haqida xabarlar tarqalgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim hollarda test sinovlarida ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar o‘rniga boshqa shaxslar qatnashgan bo‘lishi mumkin. O‘sha materiallarda Aziz Toshtemirov ham ehtimoliy ishtirokchilardan biri sifatida tilga olingan.
Interpolning “qizil bildirishnomasi” hibsga olish orderi ҳисобланмайди. Bu — shaxsni topish va ekstraditsiya masalasi hal etilgunga qadar vaqtincha ushlab turish ҳақидаги xalqaro so‘rovdir.