Yangiliklar
10.04.26
7415

Bir kunda ikki bronza: o‘zbekistonlik ayol kurashchilar Bishkekdagi Osiyo chempionatida muvaffaqiyat qozondi

Keunimjayeva va Esenbayeva Bishkekdagi ayollar kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasiga ikki bronza medalini olib keldi

O‘zbekiston ayollar kurash terma jamoasi Bishkekda o‘tayotgan Osiyo chempionatida ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi.

50 kg vazn toifasida Aqtengе Keunimjayeva Shri-Lankalik Nipuni Pedige ustidan ishonchli g‘alaba qozonib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. 59 kg vazn toifasida esa Ulmeken Esenbayeva uchinchi o‘rin uchun bahsda qirg‘izistonlik Sezim Jumanazarovani mag‘lub etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasining ushbu turnirdagi medallar jamg‘armasi yana boyidi — avvalroq jamoa boshqa yo‘nalishlarda oltin, kumush va bronza medallarini ham qo‘lga kiritgan edi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling