O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari va to‘lov tashkilotlaridan bankomatlar infratuzilmasi faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish hamda texnik nosozliklar bilan bog‘liq mijozlar muammolarini tezkor ҳал etishni talab қилди.
Regulyatorning таъкидлашича, naqd pul berilmagan holda mablag‘ yechib olinishi, pullarni qaytarishdagi kechikishlar va bajarilmagan operatsiyalar uchun komissiya ushlab qolinishiga oid holatlar fuqarolar manfaatlariga bevosita ta’sir qiladi va bunday vaziyatlarni oddiy texnik xato sifatida baholab bo‘lmaydi.
Tegishli ko‘rsatmalar allaqachon tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari va to‘lov tizimi operatorlariga yuborilgan.
Markaziy bank bankomatlar bank kartalarini ushlab qoladigan va mijozlarga keyingi harakatlar bo‘yicha o‘z vaqtida ma’lumot berilmaydigan holatlarga alohida e’tibor qaratdi. Ayrim vaziyatlarda muammoni hal qilish mas’uliyati turli tashkilotlar o‘rtasida bir-biriga yuklanayotgani sabab mablag‘larni qaytarish va murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni cho‘zilib ketmoqda.
Shu munosabat bilan banklarga texnik nosozliklar yuzaga kelganda mijozlar bilan ishlashning tushunarli mexanizmini joriy etish, murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayoni haqida ochiq ma’lumot berish va muammoni ҳал қилиш muddatlarini oldindan belgilash topshirildi.
Bundan tashqari, Markaziy bank texnik xatolar tasdiqlangan hollarda mablag‘larni avtomatik qaytarish mexanizmini faolroq joriy etish, bajarilmagan operatsiyalar uchun undirilgan komissiyalarni esa avtomatik tarzda kompensatsiya qilishni tavsiya қилди.
Regulyator bankomatlarning texnik holati ustidan nazoratni kuchaytirish, aloqa va elektr ta’minoti tizimlarining barqaror ishlashini таъминlash, eskirgan uskunalarni o‘z vaqtida yangilash hamda eng ko‘p shikoyat tushayotgan qurilmalarga alohida e’tibor qaratishni ҳам talab қилди.
Markaziy bankda ta’kidlanishicha, bankomatlar tarmog‘ini rivojlantirish faqat qurilmalar soni bilan emas, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati bilan ham baholanishi kerak.
Avvalroq Markaziy bank moliyaviy муассасалар томонидан qo‘pol qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda bank va nobank tashkilotlari rahbarlarini jarimaga tortish ҳуқуқини olgan edi.