Tibbiyot
25.10.23
20893

JSST butun dunyoda xolera avj olayotgani haqida tashvish bildirdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yil boshidan beri xolera epidemiyasi holatlari 31 ta mamlakatda qayd etilgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda xolera bilan kasallanish holatlari 2021-yilga nisbatan ikki baravarga oshgan. Joriy yilda esa vaziyat yanada og‘irlashgan.

— Har yili ko‘rsatkichlarning ortib borayotgani tashvish uyg‘otmoqda, — dedi JSST rahbari Tedros Gebreyesus.

Xalqaro mutaxassislar baholariga ko‘ra, yiliga 1,3 mln.dan 4 mln.gacha odam xoleraga chalinishi mumkin. Bu esa 143 ming kishining hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Shuningdek, o‘qing: O‘zbekistonga o‘lat xavfi bormi? Kasallikning tarqalishi Xitoy va Mo‘g‘ulistonda qayd etilmoqda.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling