“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi doirasida O‘zbekistonda kasalliklarni erta aniqlash darajasi 70% ga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
Har yili mamlakatda 40 yosh va undan kattalar orasida yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va o‘pka surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash maqsadida tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi. Bu guruhga 6,7 million kishi kiradi.
Shuningdek, har yili 18–40 yoshdagilardan 12,6 million kishi, shuningdek bog‘cha bolalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan 9 million kishi profilaktik tekshiruvdan o‘tadi.
Bundan tashqari, har yili 3 million kishi orasida saraton kasalliklarini erta bosqichda aniqlash uchun skrining tadbirlari o‘tkaziladi.