Dunyo axborot agentligining xabariga ko‘ra, Toshkentga Misrdan gepatit «C»ga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining to‘rtinchi partiyasi — 6720 dona yetkazilgan.
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Misr hukumati bilan kelishuvga ko‘ra, 2025-yilgacha O‘zbekistonga umumiy hisobda 800 ming dona (taxminan 40 tonna) “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” gepatit «C»ga, shuningdek, “Entekavir” gepatit «B»ga qarshi dorilar yetkazib berilishi rejalashtirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 4,2 mln dollarni tashkil qiladi.
Ushbu gumanitar aksiyaning amalga oshirilishi 2023-yil 20–21 fevral kunlari O‘zbekiston Prezidenti Misrga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq bo‘lib, bemorlarga davlat hisobidan gepatit kasalligiga qarshi yordam ko‘rsatish va ularni davolash imkonini beradi.