Tibbiyot
09.03.24
22037

O‘zbekistonda yuqumsiz kasalliklarni erta bosqichda aniqlash tizimi takomillashadi.

Aniqlangan har bir kasal shaxsiy reja asosida davolanishi ta’minlanadi.

O‘zbekistonda yuqumsiz kasalliklarni erta bosqichda aniqlash tizimi yaxshilanadi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Aniqlash darajasini 55% ga oshirish rejalashtirilmoqda. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Profilaktik ko‘riklar va skrining tekshiruvlari natijasida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazish;

  • Aholi orasida eng ko‘p uchraydigan kasalliklar – yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari – xavfini aniqlash uchun profilaktik ko‘riklar o‘tkazish (40 yosh va undan katta 6,7 mln kishini qamrab olish).

Aniqlangan kasalligi bo‘lgan fuqarolar shaxsiy reja asosida davolanishi ta’minlanadi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling