O‘zbekiston hududida 6-oktabr kechasi zilzila kuzatildi, deya xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seizmoprognostik monitoring markazi.
Seismik hodisa mahalliy vaqt bilan 01:29 da sodir bo‘lgan. Zilzilaning episentri Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida joylashgan bo‘lib, magnitudasi 5,7, o‘choq chuqurligi 10 kilometrni tashkil qilgan. Episentrda tebranish kuchi 7 ballgacha yetgan.
Episentrdan Toshkentgacha bo‘lgan masofa shimoli-sharqiy yo‘nalishda taxminan 199 kilometrni tashkil etadi.
O‘zbekiston hududida yer silkinishi kuchi quyidagicha bo‘lgan:
Namangan viloyati — 3–4 ball (106 km);
Andijon viloyati — 3 ball (144 km);
Farg‘ona viloyati — 2–3 ball (176 km);
Toshkent — 2–3 ball (199 km);
Sirdaryo viloyati — 2 ball (275 km).
Ayni paytda talofatlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelmagan.