Ekologiya
05.12.25
7538

O‘zbekistonga sovuq havo kirib kelmoqda: 8 dekabrdan boshlab yomg‘ir va qor yog‘ishi, hamda shamol kuchayishi kutilmoqda.

Uzgidromet 8-dekabrdan boshlab O‘zbekistonda havo sovishi kutilayotganini ma’lum qildi: respublika bo‘ylab yomg‘ir va qor yog‘adi, shamol kuchayadi, harorat pasayadi. 8–10-dekabr kunlari uchun batafsil ob-havo prognozi.

O‘zbekistonga 8–10 dekabr kunlari nam va sovuq havo massasi kirib keladi, deb xabar beradi “Uz­gi­dro­met”. Shu kunlarda respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilib, havo asta-sekin soviydi.

8–9 dekabr kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. 8–10 dekabr oralig‘ida tog‘li va tog‘oldi hududlarda yomg‘ir va qor kutilmoqda, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.

Shimoliy hududlar hamda cho‘l zonasida 9–10 dekabr kunlari shamol tezligi 15–18 m/s gacha, ayrim joylarda 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10 dekabrga borib, markaziy hududlarda havo harorati tunda −2…−5 °C, kunduzi +3…+6 °C atrofida bo‘ladi. Shimolda esa yanada kuchliroq sovuq kutilmoqda: tunda −7…−10 °C, kunduzi esa 0…−3 °C darajagacha pasayadi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling