Ekologiya
02.10.25
7567

Bir oy ichida O‘zbekiston tabiatiga 46,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

SGB va nazorat idoralari noqonuniy shag‘al qazib olish, daraxt kesish hamda brakonerlik holatlarini fosh qildi. O‘zbekiston tabiatiga qariyb 47 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi.

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati mamlakatda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ko‘plab qonunbuzarliklar aniqlanganini ma’lum qildi. Bir oy davomida tabiatga yetkazilgan umumiy zarar 46,7 mlrd so‘mga baholanmoqda.

SGB, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda Ekologiya vazirligi xodimlaridan iborat ishchi guruhlar respublika bo‘ylab 116 ta nazorat tadbirini o‘tkazdi.

Tekshiruvlar davomida quyidagi qonunbuzarliklar fosh etildi:

  • 39 ta qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holati;

  • 36 ta daraxtlarni noqonuniy kesish;

  • 15 ta baliqni noqonuniy ovlash;

  • 6 ta brakonerlik va qurol saqlash holati;

  • 20 ta atrof-muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq qonunbuzarlik.

Har bir holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Aybdor shaxslar qonuniy javobgarlikka tortiladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling