“Uzgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda O‘zbekistonda qulay kuzgi ob-havo kuzatiladi.
3-oktabr, juma kuni respublikaning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va ayrim tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi havo harorati +18…+23 °S atrofida, janubda esa +25…+27 °S gacha ko‘tariladi.
4–5-oktabr kunlari quruq ob-havo saqlanib, kunduzgi harorat +20…+25 °S oralig‘ida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda ba’zan qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin.
Cho‘l va shimoliy hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimol qilinmoqda.
Toshkentda esa osmon biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Juma kuni kunduzi havo +20…+22 °S bo‘lsa, dam olish kunlari kunduzi +21…+25 °S, kechasi esa +10…+12 °S atrofida bo‘ladi.