O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, yaqinlashayotgan hafta davomida O‘zbekiston hududida iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Yomg‘ir kutilmayapti, harorat esa iqlimiy me’yordan biroz yuqori bo‘ladi.
Kechasi havo harorati +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi. Haftaning boshida kunduzgi harorat +20…+25 daraja, oxiriga borib esa +28 darajagacha ko‘tariladi. Janubiy va cho‘l hududlarda havo +30…+32 darajagacha isinadi.
10-oktabr, juma kuni, mamlakatning shimoliy viloyatlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan ochiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Kunduzgi harorat +23…+26 daraja, kechasi esa +9…+12 daraja atrofida bo‘ladi.