Toshkentda xususiy hovli va korporativ hududlarda bahor-yoz mavsumida daraxt va boshqa o‘simliklarni ichimlik suvi bilan sug‘orishga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi. Mazkur qaror 25 noyabr kuni imzolangan, poytaxtning ekologik holatini yaxshilashga doir prezident farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Avval sug‘orishga faqat tun vaqtida — soat 00:00 dan 05:00 gacha ruxsat berilar edi. Endilikda aholi yashil hududlarni shu vaqt oralig‘iga bog‘lanmagan holda parvarish qilishi mumkin. Biroq ichimlik suvini maqsadsiz ishlatishga oid umumiy taqiq kuchida qoladi.
Ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarni sug‘orish uchun maxsus suv rezervuarlari o‘rnatilishi belgilangan.