Ekologiya
22.09.25
7458

22–26 sentyabrda O‘zbekistonda havo prognozi

2025 yil 22–26 sentyabr kunlari O‘zbekistonda ob-havo prognozini bilib oling. Mintaqalar va Toshkentda harorat, yog‘in va shamol.

22–26 sentyabr kunlari O‘zbekiston hududida asosan ochiq, o‘zgaruvchan bulutli va yog‘ingsiz ob-havo kutilmoqda.
Kechasi havo harorati +12…+17 daraja, kunduz kunlari esa +24…+29 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek, Farg‘ona vodiysida 22–23 hamda 26 sentyabr kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

24 va 26 sentyabr kunlari mamlakatning shimoliy va cho‘l hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkentdagi ob-havo:
Poytaxtda o‘zgaruvchan bulutli, yog‘ingsiz ob-havo saqlanib qoladi. Shamol sharqdan, 3–8 m/s.
Havo harorati: kechasi +13…+16 daraja, 22–23 sentyabr kunlari kunduz kuni +24…+27 daraja, 24–26 sentyabr kunlari esa +27…+29 daraja bo‘ladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling