Ekologiya
25.11.25
7344

Prezident Toshkent ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch choralarni tasdiqladi

O‘zbekiston prezidenti Toshkent ekologiyasini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch choralarni nazarda tutuvchi farmonni tasdiqladi. Ekologik tashabbuslarni amalga oshirish uchun maxsus komissiya tuzildi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentning ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch choralarni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va ularning ijrosini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya tuziladi.

Ushbu farmon tayyorlanayotgani haqida bir kun avval Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilgan edi.

O‘tgan hafta esa alohida hujjat bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha milliy qo‘mita tashkil etilgan edi. U prezidentga bevosita bo‘ysunadi va ekologiya yo‘nalishidagi strategik tashabbuslarni muvofiqlashtiradi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling