O‘zbekistonda ish haftasi davomida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. «Uzgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra, dushanba va seshanba kunlari kunduz kunlari harorat +19…+22 daraja bo‘ladi, haftaning o‘rtasidan esa +15…+18 darajagacha pasayadi.
Tun davomida harorat +3…+8 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19–20 noyabr kunlari ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir, yuqori tog‘larda esa qor yog‘ishi mumkin.
Shamol sharqiy yo‘nalishda, zaifdan o‘rtacha kuchgacha bo‘ladi.
Toshkentda ham quruq ob-havo saqlanadi:
17–18 noyabr: kunduz +19…+21,
19–21 noyabr: kunduz +16…+18, tun +6…+8 daraja.