Madaniyat
03.11.23
20358

Surxondaryo viloyatidagi yodgorliklarga yetkazilgan umumiy zarar 7 milliard so‘mni tashkil etdi.

Nodir yodgorliklarning vayron qilinishi faktlari prokuratura organlari va madaniy meros agentligi tomonidan aniqlangan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu faoliyat natijasida Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi to‘rtta arxeologik yodgorliklarga jami 7 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

Xususan:

  • Miloddan avvalgi V–XI asrlarga oid «Tallagantepa» yodgorligining 40 m² maydoniga avtomobil yo‘li tortilgan. Zarar miqdori 888 million so‘mni tashkil etdi;

  • Miloddan avvalgi V–VIII asrlarga oid «Gurintepa» maydonining 200 m² hududida uylar qurilgan. Zarar summasi 4,7 milliard so‘mni tashkil etdi;

  • Miloddan avvalgi I–IV asrlarga oid «Xushvaktepa» yodgorligining 12 m² maydonida hojatxonalar qurilgan. Natijada umumiy zarar 266 million so‘mga yetdi;

  • Miloddan avvalgi V–VII asrlarga oid «Toshtepa» yodgorligining 56 m² hududida xijira qurilgan. Umumiy zarar 1,2 milliard so‘mni tashkil etdi.

Mazkur holat bo‘yicha tuman hokimligi mas’ul shaxslari va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, tergov davom etmoqda.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling