Madaniyat
27.01.24
11513

Yaqqin kunlarda Samarqandda “Buyuk Ipak yo‘li” muzeyi ochilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqandda barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk Ipak yo‘li” muzeyi loyihasi taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, loyiha taqdimoti bilan YuNESKOning sobiq rahbari Irina Bokova, Oqxon jamg‘armasining madaniyat bo‘yicha katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda Wilmotte & Associés arxitektura byurosi boshqaruvchi direktori Borina Andryu ham tanishdi.

Bundan tashqari, ularga Mirzo Ulug‘bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasi ham taqdim etildi. Unda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega inklyuziv muhit yaratish ko‘zda tutilgan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling