Rasmiy agentlik saytida xabar qilinishicha, arizaga O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (UzA) binosi ham kiritilgan. Ushbu bino 2023-yil kuzida xususiylashtirilishi rejalashtirilgan edi.
Tarix va madaniyat bo‘yicha mutaxassislar oktabr oyida “Sharq” nashriyot-poligrafiya AJ va UzAga qarashli 14 ta binoga baho berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning aksariyati avariya holatida bo‘lib, to‘liq rekonstruksiyani talab qiladi. Shu bilan birga, ayrim inshootlarning me’moriy qadriyatga egaligi ham aniqlangan.
Kelajakda mazkur majmua doirasida olib boriladigan har qanday qurilish va rekonstruksiya ishlari Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.