Ko‘ngilochar
26.10.23
14195

Farg‘onada ilk bor drift-shou o‘tkazildi

Shou “Istiqlol” stadioni avtoturargohida bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada ilk bor “Istiqlol” stadioni avtoturargohida avto va motosport ixlosmandlari uchun drift-shou o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati hokimligi va O‘zbekiston mototurizm assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda mahalliy haydovchilar va mototsiklistlar, shuningdek Qirg‘izistondan kelgan ishtirokchilar maxsus tayyorlangan avtomobillarda noyob truklarni namoyish etdilar.

Sport tadbirida mototsiklistlar va avtomobillar chiqishlari, driftdan iborat musobaqalar, avtomobillar paradi va ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Shu kabi drift-shou Sо‘x tumanining Ravon shaharchasida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling