Biznes
21.10.25
275

TOSHKENT OSKAR XARTMANNNING "ОХОТА ЗА ЕДИНОРОГАМИ" NOMLI BIZNES-STENDAP TURINING MAYDONIGA AYLANDI

12-oktabr kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida Oskar Xartmannning "Охота за единорогами" turining doirasida yirik tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston tadbirkorlik sohasining yetakchi vakillari kompaniyalarni rivojlantirish va o‘sish masalalarini muhokama qilish uchun yig‘ildilar.

Toshkentda Oskar Xartmannning “Yalpiqo‘n izidagi ov” (Ohota za Edinorogami) nomli biznes-stendap turi doirasidagi tadbir bo‘lib o‘tdi — u amaliy biznes dasturini va kechki stendap formatini birlashtirdi.

Tadbir davomida dunyodagi eng faol 18 ta biznes-farishtalar ro‘yxatiga kiruvchi, 20 milliard dollardan ortiq umumiy kapitallashuvga ega 150 ta xalqaro kompaniya asoschisi va investori Oskar Xartmann o‘z tajribasi va qarashlarini o‘ziga xos kinoya orqali bo‘lishdi.

Kunning amaliy qismi O‘zbekiston biznes sahnasining yetakchi vakillari ishtirokida o‘tdi:

  • Jasur Jumaev, Uzum kompaniyasi asoschisi va SЕOsi, rivojlanayotgan bozorda “yalpiqo‘n” kompaniya qurish tajribasini taqdim etdi.

  • Rustam Xamdamov, BILLZ kompaniyasi hammuassisi va bosh direktori, startapning g‘oyadan muvaffaqiyatli biznesga aylanish yo‘lini tushuntirdi.

  • Saidmurod Davlatov, UDI GROUP va SAMO markazi asoschisi, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi kompaniya tizimini yaratish haqida so‘z yuritdi.

  • Alisher Isayev, xalqaro brendlar (Nestle, Colgate, Heinz, Makfa, Dena) bilan ishlagan tadbirkor, hozirda Sales Doctor, Robokidz va Milliard Club loyihalarini rivojlantirmoqda.

  • Sanjjar Maksudov, JOWI ERP tizimi asoschisi, restoran biznesidagi 23 yillik tajribasi bilan bo‘lishdi.

  • Stanislav Skvirskiy, Payme to‘lov xizmati bosh direktori, fintex sohasidagi global tendensiyalar haqida so‘zladi.

  • Said Tolibov, ASKLEPIY Group, STM Holding va TLB Solution egalari, Cash Talk podkasti muallifi, uzoq muddatli biznesni qurish strategiyasini taqdim etdi.

Shuningdek, Vyacheslav Kim (Transasia Logistics), Arsen Dlyanchev (Unique Present Media Holding), Baxrom Abdukadirov (venchur kapitalist) va Timur Abdulin (Repost.uz va Index agentligi hammuassisi) ham ishtirok etishdi.

Asosiy mavzular — rivojlanayotgan bozorlarda “yalpiqo‘n” kompaniyalar yaratish, O‘zbekiston tadbirkorligining investorlarga jozibadorligi va startaplarning iqtisodiy modeli bo‘ldi. Eng katta qiziqish esa mahalliy biznesni investorlar va iste’molchilar uchun birdek jozibali qilishga bag‘ishlangan panel muhokamasiga qaratildi.

Kun yakunida Oskar Xartmannning biznes-stendapi bo‘lib o‘tdi — u muvaffaqiyat ortidagi xatolar, inqirozlar va o‘zgarishlar haqida samimiy, hazilomuz tarzda gapirdi.

Alohida toifadagi chiptalar egalari UNICORN LAB nomli yopiq Telegram-kanalga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar — bu yerda Oskar Xartmann jonli efirlar o‘tkazadi, xalqaro biznes modellarni tahlil qiladi va har chorakda loyihalar uchun pitching tashkil etadi.

Forum va stendap tadbir tadbirkorlar, investorlar, kompaniya egalari, top-menejerlar va startap asoschilarini bir joyga to‘pladi — o‘z loyihalarini rivojlantirayotgan va yangi o‘sish nuqtalarini izlayotganlar uchun bu muhim uchrashuv bo‘ldi.

Tadbir turi davom etmoqda — keyingi shaharlarda ham Oskar Xartmann bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Batafsil ma’lumot va chiptalar: tour2025.unicornfellowship.ru

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling