Biznes
22.09.25
7752

Biznes-ombudsman: Tadbirkorni tanqid uchun jazolab bo‘lmaydi

O‘zbekiston biznes-ombudsmani tadbirkorlarni tanqid uchun jazolab bo‘lmasligini ma’lum qildi. Usmonjon Abdusamatov ishi nazoratga olindi.

Biznes-ombudsman qurilish sohasida korruptsiya haqida gapirgan tadbirkor Usmonjon Abdusamatovga bosim o‘tkazilgani haqidagi xabarlarni izohladi.

Idora matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat alohida nazoratga olingan.

«Tadbirkor o‘zining tanqidiy fikri uchun jazolanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir tadbirkorning erkin faoliyati va ularning huquqlari qonun bilan kafolatlanadi», — deyiladi bayonotda.

Ombudsman ta’kidlashicha, tadbirkorlarning tanqidiy mulohazalari muammolarni aniqlash va islohotlar samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning aytishicha, bunday fikrlarni jazolash sababi emas, balki rivojlanish imkoniyati sifatida ko‘rish kerak.

Avvalroq Usmonjon Abdusamatov Toshkentda qurilish ruxsatnomalari va kadastr hujjatlarini olishda korrupsion xarajatlar mavjudligini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng Qurilish vazirligi ichki ishlar organlariga shikoyat bilan murojaat qilgan.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling