Sport
18.11.25
7597

O‘zbekistonning yosh trambolinjachilar jamoasi Ispaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida to‘rt medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston yoshlar trambolin jamoasi Pamplonada o‘tkazilgan jahon chempionatida ikki kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston trambolin jamoasi 10–17 noyabr kunlari Ispaniyaning Pamplona shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ikki kumush va ikki bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

14 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida sinxron sakrashlarda kumush medalni Sardor Muhammadiev va Husniddin Rahmoniddinov duet shaklida qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Sardor Muhammadiev U14 individual dasturida yana bir kumush medalni yutdi.

Bronza medallarni ham yosh sportchilar olib kelishdi:
– U12 individual akrobatika dasturida uchinchi o‘rinni Jamshidbek Rahimov egalladi;
– U11 sinxron sakrashlarda bronza medallarni Jahongir Bahodirov va Elshodbek Mamayusupov qo‘lga kiritdi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling